Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abbosbek Fayzullayevga SSKAda eng ko‘p yordam bergan futbolchi kim?

Abbosbek Fayzullayevga SSKAda eng ko‘p yordam bergan futbolchi kim?

SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 37 yoshli himoyachi Kirill Nababkinning jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi.

«Kirill Anatolievichning jamoadan ketishidan hamma xafa. Biroq biz u bilan doim aloqada bo‘lamiz, u bilan doim gaplashib turamiz. U yosh bola emas va o‘zi uchun qaror qabul qilish huquqiga ega. U menga SSKAda eng ko‘p yordam bergan futbolchi edi», — dedi Abbos.

Ma’lumot uchun, Kirill Nababkin SSKAdagi 13 yillik faoliyatidan so‘ng Moskva jamoasini yozda tark etishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 21:40 02.06.2024. O'qildi: 1695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!