Osiyo Futbol Konfederasiyasi «Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi» sovriniga nomzodlarning yakuniy uchligini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbeksiton milliy jamoasi hamda SSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev yakuniy ro‘yxatdan o‘rin oldi. O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchidan tashqari, Yaponiya yoshlar jamoasi a’zosi Gaku Navata hamda Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubi a’zosi Ba Jun Ho ham g‘oliblikka da’vogar bo‘lib turibdi.
G‘olib nomi 29 oktyabr kuni Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.