Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

90-yillarda O‘zbekistonni "portlatgan" xonanda bugun darveshona yashamoqda (VIDEO)

90-yillarda O‘zbekistonni "portlatgan" xonanda bugun darveshona yashamoqda (VIDEO)

Inson hech narsasiz ham hayotdan mamnun yashashi mumkinmi?

Bir vaqtlari qo‘shiqlari bilan odamlar qalbini zabt etgan katta iste’dod sohibi, bugun darveshona kun kechirmoqda.

O‘tgan asrning 90-yillarida mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi Akbarali Ochilov bugun ana shunday shunchaki hayotligidan baxtiyor yashayotgan odamlardan.

“Hayot go‘zal unda qish, bahor yoz, kuz bor. Odamlar o‘zi hayotni murakkablashtirib yuradi”, – deydi Akbarali Ochilov.

Akbarali Ochilov o‘tgan asrning 90-yillarida “Kelasanmi”, “Qizg‘onaman”, “Xazonrezgi” kabi qo‘shiqlari bilan odamlar og‘ziga tushgan. Bugun esa u yolg‘iz. Oilasidan voz kechgan. Nevaralarini ko‘rmagan, ular qanchaligini ham bilmaydi va buning uchun achinmaydi ham.

"Rost24.uz" Akbarali Ochilovni qo‘shiqlari, xotiralari bilan yashayotgan oddiygina kulbanoma uyidan topdi.

"Yolg‘izlik, ichki tug‘yon va xotiralar kurashi bilan yashayotgan, darveshlikni tanlagan bir inson bo‘lib ko‘rindi bizga.

U o‘tgan yillarimga achinmayman, deydi. “Hamma bir yo‘lga, maqsadga turli yo‘llardan boradi. Meni tanlagan yo‘lim shu bo‘ldi”, deydi katta va tug‘ma iste’dod sohibi Akbarali Ochilov.

Akbarali Ochilovni bugun shogirdlari, muxlislari, uni shunchaki tanigan qo‘shiq ixlosmandlari yo‘qlab turadi. Qo‘shiqlari pul topish uchun emas, yurak amri bilan yozilganini aytadi u. Akbarali aka bugun hayotdan hech narsani kutmaydi, birovdan nolimaydi.

U o‘zi aytganidek, hayot yo‘lidan birovga halaqit bermay o‘tib borayotgan bir yo‘lovchi xolos".

Quyida qalb odami – Akbarali Ochilov haqida videoreportaj:

Kiritildi: 19:54 14.06.2021. O'qildi: 29042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!