Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

841 marta polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, “maza qilgan” yigit qamoqqa olindi

841 marta polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, “maza qilgan” yigit qamoqqa olindi

Fransiyada polisiya jandarmeriyaga 841 marta qo‘ng‘iroq qilgan va xodimlarga qarata haqoratli so‘zlar aytgan 19 yoshli yigitni hibsga oldi, deb xabar beradi «Le Parisien».

 

Ta’kidlanishicha, Fransiyaning Sena va Marna departamentida yashovchi bu yigit uch kun ichida 841 marta polisiya va jandarmeriyaga uyali telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, xodimlarni haqoratlagan.

 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari yigitni otasining uyida hibsga olishgan va qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilgan telefonni musodara qilgan.

 

Qilgan qilmishidan pushaymon emasligini aytayotgan yigitning ta’kidlashicha, jarayon davomida “maza qilgan” va rohatlangan. Jinoyatchi tomonidan haqoratlangan bir qancha polisiya xodimlari shikoyat arizalari berishgan.

 

Psixologik ekspertiza aqli joyida ekanligini ko‘rsatgan yigit hozirda sud qarorini kutmoqda.

Kiritildi: 21:15 05.08.2020. O'qildi: 3371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!