Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

8-sinf o‘quvchisi dars paytida ustozini pichoqladi

A A A
8-sinf o‘quvchisi dars paytida ustozini pichoqladi

Joriy yilning 22 oktyabr kuni AQShning Jorjiya shtatidagi o‘rta maktab o‘quvchisi o‘z o‘qituvchisini pichoqladi.
 
O‘quvchining o‘g‘il bola hamda o‘qituvchining ayol kishi ekani haqida xabar berilyapti. Ushbu hodisa adabiyot darsi chog‘ida ro‘y bergan. 8-sinf o‘quvchisi o‘qituvchisiga pichoq bilan tashlangan va uni jarohatlagan. Yaralangan o‘qituvchi esa mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
 
Ta’kidlanishicha, hodisa paytida sinfdagi qolgan bolalarga hech qanday shikast yetmagan. Ushbu voqeadan keyin maktabda xavfsizlik choralari yanada kuchaytirildi.
 
O‘quvchi polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Ayni paytda hodisaning sabablari va boshqa tafsilotlari o‘rganilyapti.

Kiritildi: 15:38 24.10.2018. O'qildi: 2500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik