2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 310 389 ta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu 2025 yilning mos davridagi 284 352 taga nisbatan ko‘p.
Eng ko‘p ishlab chiqarilgan modellardan biri Cobalt bo‘lib, uning hajmi 107 141 tani tashkil etgan. 2025 yilning shu davrida 99 013 ta Cobalt ishlab chiqarilgan.
BYD ishlab chiqarish ham sezilarli oshgan — 12 930 tadan 23 850 taga yetgan. Onix ishlab chiqarish 20 241 tadan 23 498 taga, Haval esa 5 303 tadan 6 227 taga ko‘paygan.
Ayrim modellarda pasayish kuzatilgan. Damas ishlab chiqarish 57 882 tadan 55 022 taga tushgan. Shu bilan birga, yangi Chevrolet Damas Move modeli 1 530 dona ishlab chiqarilgan. Tracker ishlab chiqarish ham 29 930 tadan 29 781 taga ozaygan.