Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

7500 dollar: hamyurtlarimiz Abu Dabidan sovrinlar bilan qaytishdi

7500 dollar: hamyurtlarimiz Abu Dabidan sovrinlar bilan qaytishdi

6-11 avgust kunlari BAAning Abu Dabi shahrida 26-marotaba tashkil etilgan Abu Dabi xalqaro shaxmat festivali (26th Abu Dhabi International Chess Festival) bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqada shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov hamda O‘zbekiston chempioni Javohir Sindorov vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

O‘zbekiston shaxmat federasiyasi matbuot xizmatining bizga xabar qilishicha, 9 turdan iborat mazkur musobaqada 7,0 ochko jamg‘argan hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov 6,0 ochko bilan 16-o‘rinni egalladi. Eng yosh O‘zbekiston chempioni Javohir Sindorov esa 5,5 ochko bilan 28-pog‘onadan joy oldi.

Musobaqaning rasmiy sayti adchessfestival.ae keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Abu Dabi xalqaro shaxmat festivalida dunyoning 27 davlatidan 55 nafar grossmeyster (shundan 7 nafari ayol), 34 nafar xalqaro toifadagi sport ustalari (10 nafar ayol), jami 150 nafar shaxmatchi qatnashgan. Bu esa musobaqa nufuzi ancha baland ekanligini ko‘rsatadi.

Turnirda eng baland reytingli shaxmatchi sifatida ukrainalik Yuriy Krivoruchko g‘oliblik uchun dona surgan bo‘lsa-da, 1-o‘rinni gruziyalik Baadur Jobava qo‘lga kiritdi. Musobaqada 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan xalqaro grossmeyster, Xalqaro Shaxmat akademiyasi tinglovchisi Nodirbek Yoqubboyevga kumush medal bilan birga 7 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti ham topshirildi.

Kiritildi: 16:14 13.08.2019. O'qildi: 1344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!