Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

75 dona gugurt qutisiga yashirilgan og‘u

A A A
75 dona gugurt qutisiga yashirilgan og‘u

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa  huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylamasiga chek qo‘yishdi.

Chiroqchi tumanining qo‘shni Samarqand viloyati bilan chegara hududidagi aylanma yo‘llar orqali harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, transport vositasining old o‘rindig‘i ostiga fuqaro U.M. ga tegishli, 75 dona gugurt qutisiga joylangan 224 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yashirilganligi va ushbu zahri qotillar Toshkent shahriga sotish uchun olib ketilayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harkatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:52 20.05.2020. O'qildi: 2350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik