Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

71-o‘lim! Surxondaryoda koronavirusga chalingan toshkentlik bemor vafot etdi

71-o‘lim! Surxondaryoda koronavirusga chalingan toshkentlik bemor vafot etdi

Toshkent tumanilik  48 yoshli SH.N. joriy yil 24 iyunda xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib, tana harorati ko‘tarilganligi va  holsizlik sabab  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. 

Unda “SOVID- 19” infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Unga “SOVID-19” infeksiyasi va  ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxit tashxisi qo‘yilgan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shu yilning 14 iyul kuni uning ahvoli keskin og‘irlashgan. Reanimasiya bo‘limi shifokorlarining muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir  va nafas yetishmovchiligidan  vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 00:01 16.07.2020. O'qildi: 5070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!