Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

62 yoshli amerikalik qamoqxonada o‘tirib magistr diplomiga ega bo‘ldi

A A A
62 yoshli amerikalik qamoqxonada o‘tirib magistr diplomiga ega bo‘ldi

 

 

 

Amerikalik Jozef Valades 62 yoshda. O‘z iqroriga ko‘ra, kambag‘al oilada tug‘ilgan, bolaligi ko‘chada o‘tgan, keyin esa jinoyat olami: bosqinchilik, narkotiklar, xullas, umrining asosiy qismi panjara ortida o‘tgan.

Endi u qilmishlaridan, umrini behuda o‘tkazib yuborganidan pushaymon. Ammo qo‘l qovushtirib o‘tirgani ham yo‘q: 2014 yili giyohvandlikdan davolandi, Kaliforniya universitetining sosiologiya fakultetiga o‘qishga kirib, «a’lo»ga bitirdi. Ayrim fanlarni sirtdan kompyuterda, ba’zilarini o‘zi singari tavba qilgan mahkumlarni o‘qitishga kelgan o‘qituvchilardan o‘rgandi.

«Onam hayot bo‘lganida, men bilan faxrlangan bo‘lardi. Qachonlardir aqlimni yig‘ib, to‘g‘ri yo‘lga kirishimga u doim ishonardi. Mendan umidini aslo uzmagan yagona inson — onam edi. U doim sen aqllisan derdi», — ta’kidlaydi Jozef.

Jozef Valades ma’rifat yo‘liga kirganini ijtimoiy tarmoqda yozib, magistrlik diplomini ko‘ksiga bosib tushgan suratini ilova qilib qoldirdi. O‘z murojaatida o‘quvchilarini hayotdagi mashaqqatlarga qaramay bilim olishga chorladi.

Kiritildi: 20:19 21.02.2021. O'qildi: 2342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!