Poytaxtda xalqaro ommaviy yugurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan soat 05:00 dan 14:00 gacha ayrim ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.
Harakat cheklanadigan ko‘chalar:
— Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharaf Rashidov shoh ko‘chasigacha;
— Sharaf Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyobdan Islom Karimov ko‘chasigacha;
— Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimovdan Oybek ko‘chasigacha;
— Oybek ko‘chasi — Afrosiyobdan Nukus ko‘chasigacha;
— Nukus ko‘chasi — Oybekdan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
— Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukusdan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;
— Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriydan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
— Mustaqillik shoh ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
— Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;
— Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabzdan Furqat ko‘chasigacha;
— Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiydan Afrosiyob ko‘chasigacha;
— O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.
Haydovchilarga harakat yo‘nalishini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.