Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

5 oktyabrda Toshkentning ikki tumanida sovuq suv o‘chiriladi

5 oktyabrda Toshkentning ikki tumanida sovuq suv o‘chiriladi

5 oktyabr soat 09:00 dan 6 oktyabr soat 15:00 ga qadar suv tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi.

O‘chirish poytaxtning ikki tumani — Yunusobod va Shayxontohurga ta’sir qiladi.
1️⃣ Yunusobod tumani
«Usta Shirin», «Turkqo‘rg‘on», «Iftixor», «Jomiy», «Yangiariq», «Shahriston», «Xusnobod», «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Oqilota», «Anorzor» berk ko‘chalarida suv ta’minoti to‘xtatiladi.

2️⃣ Shayxontohur tumani
Taxtapul, Ko‘khota, Yangi Kamolon, Labzak, Kamolon, Shayxontohur, Kamolon Darvoza, Janggoh, Qoratosh, O‘rda, Chakar, Xadra, O‘kchi, Olmazor mahallalarida suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi. «Chorsu» turar-joy majmuasi ham suvsiz qoladi.

Shuningdek, «Tashkent City» xalqaro biznes markazi, «Paxtakor» markaziy stadioni, MTRK binosi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va qator tashkilotlar ham suvsiz qoladi.

🚱 Bundan tashqari, uzilish Chilonzor tumanidagi ayrim ma’muriy va jamoat ob’ektlariga ham ta’sir qiladi.

⚠️ Zarar ko‘rgan hududlar aholisiga oldindan suv zaxirasini to‘plab qo‘yish tavsiya etiladi.

Kiritildi: 23:25 04.10.2026. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!