Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

400 ga yaqin bemor, 2 ta qurbon: kechagi kun statistikasi

400 ga yaqin bemor, 2 ta qurbon: kechagi kun statistikasi

2021 yil 7 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93978 (+381) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
– 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
– 7 nafari Andijon viloyatida,
– 11 nafari Buxoro viloyatida,
– 7 nafari Jizzax viloyatida,
– 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
– 3 nafari Navoiy viloyatida,
– 8 nafari Namangan viloyatida,
– 80 nafari Samarqand viloyatida,
– 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
– 15 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 6 nafari Xorazm viloyatida,
– 62 nafari Toshkent viloyatida,
– 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
– Buxoro viloyatida 8 nafar,
– Jizzax viloyatida 7 nafar,
– Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
– Navoiy viloyatida 2 nafar,
– Namangan viloyatida 2 nafar,
– Samarqand viloyatida 70 nafar,
– Sirdaryo viloyatida 9 nafar,
– Surxondaryo viloyatida 11 nafar,
– Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
– Xorazm viloyatida 3 nafar,
– Toshkent viloyatida 56 nafar,
– Toshkent shahrida 181 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89703(+365) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanmoqda.

Kiritildi: 13:03 08.05.2021. O'qildi: 2501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!