Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lishdi

A A A
4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qovunlar orasiga yashirinib, Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lishdi

O‘zbekistonning to‘rt nafar fuqarosi Rossiya chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tayotganida qolga olindi. Bu haqda «Mash» xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, Saratov viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar yuk mashinasini to‘xtatgan. Hujjatlarga ko‘ra, og‘ir yuk mashinasida qovunlar tashilgan.

Ammo, mashina tekshirilganda yuk ichida Rossiyaga yashirin o‘tmoqchi bo‘lgan 4 nafar muhojir aniqlangan, — deyiladi xabarda.

Natijada, haydovchi va qoidabuzarlarga nisbatan (Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:13 30.07.2024. O'qildi: 1971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!