Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

31 mart — shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasini rasman tark etadi

31 mart — shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasini rasman tark etadi

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl Britaniya qirollik oilasini mart oxirida tark etadi. Ular Bukingem saroyidagi majburiyatlarini 1 apreldan bajarishni to‘xtatishadi.

Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, juftlik qirollik oilasini 31 mart kuni rasman tark etadi. O‘z navbatida Bukingem saroyida ularga xizmat ko‘rsatuvchi odamlar 1 apreldan o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatadilar.

Bungacha esa shahzoda rafiqasi bilan birga bir qator tadbirlarda ishtirok etadi.

Ta’kidlanishicha, shahzoda kirollik oilasini tark etgach, bir qator harbiy unvonlarini saqlab qoladi. Biroq shahzoda 12 oylik sinov davri davomida o‘z harbiy mavqeidan foydalana olmaydi.

Avvalroq, Garri va Megan Markl kirollik oilasi bilan kelishuvga erishgani va qirollik majburiyatlarini boshqa bajarmasliklari va o‘z unvonlaridan mahrum bo‘lishlari ma’lum qilingandi.

Juftlik, shuningdek, Britaniya byudjetidan uyi ta’miriga ishlatilgan 2,4 mln funt sterlingni (3,1 mln dollar) qaytarib beradi va davlatning moliyaviy ko‘magidan voz kechadi.

Kiritildi: 15:38 22.02.2020. O'qildi: 1707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!