Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 3 dekabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 15 iyul kuni Jizzax viloyatida yashovchi, muqaddam sudlangan B.S. SH.Rustaveli ko‘chasi oldida Chilonzor tumanida yashovchi D.B. (ismli ayol)ga Sergeli tumanida qurilayotgan yangi uylardan 3 xonalisini 2018 yil avgust oyiga qadar olib berishini va’da qilib, undan 35 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. B.S. qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.