Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

3 oydan keyin AQSh Kiyevdagi elchixonasi qayta ochildi

3 oydan keyin AQSh Kiyevdagi elchixonasi qayta ochildi

Kecha AQShning Kiyevdagi elchixonasi rasman ochildi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfax” nashri.

“O‘sha kun keldi. Bugun biz AQShning Kiyevdagi elchixonasida rasman ish boshladik”, deydi Blinken o‘z bayonotida.

Uning qayd etishicha, elchixona binosi ustida yana AQSh bayrog‘i ko‘tarilgan. Qo‘shma Shuningdek, Shtatlar Davlat kotibi Kiyevga qaytayotgan diplomatik xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilganiga ham ishora qildi.

“Biz Ukraina xalqi va hukumati bilan hamkorlik qilishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, deyiladi bayonotda.

Aprel oyi oxirida Blinken Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi keyingi “bir-ikki hafta” ichida ishini tiklashi mumkinligini aytgandi. AQSh Davlat kotibining ta’kidlashicha, Vashington bu masalada “ehtiyotkorlik bilan” harakat qilmoqda va amerikalik diplomatik xodimlar xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 13 fevraldan boshlab AQSh elchixonasidagi barcha konsullik xizmatlari to‘xtatilgan, 28 fevraldan esa AQSh Davlat departamenti Kiyevdagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatgan edi.

Kiritildi: 10:55 19.05.2022. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!