Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

3 million 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlandi –“O‘zenergoinspeksiya”

3 million 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlandi –“O‘zenergoinspeksiya”

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ushbu tashkilot tomonidan joriy yilning olti oy davomida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Unda ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4 ming 537 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ya’ni, 163,3 million metr kub tabiiy gaz (249 mlrd. 312 mln. so‘m) va 220,7 million kilovatt soat elektr energiyasidan (300 mlrd. 977 mln. so‘m) noqonuniy foydalanilgan. Buning natijasida davlat manfaatlariga jami 550 milliard 290 million so‘m zarar yetkazilgan.

–Shuningdek, 89 ta AGTKSH, 94 ta issiqxona, 94 ta tekstil korxona va 2 ta ohak ishlab chiqarish sexlari faoliyatida noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari fosh etildi. 75 holatda kripto aktiv va mayning faoliyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Bu o‘g‘rincha harakatlar yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan jami 81 milliard 604 million so‘m (15 mln. 909 ming kilovatt-soat) qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 3 ming 382 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi, – dedi N.Norboboyev.

Tadbirda inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari haqida ham so‘z yuritildi. Unga asosan AYOQSh va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 91 ta holatda 3 million 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.

Shuningdek, axborot xizmati rahbari inspeksiya tomonidan iste’molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, reaktiv energiyaning kompensasiya qilinishi, korxonalarda energiya audit tekshiruvining o‘tkazilishi kabi yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

–Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 5 ming 757 ta ijtimoiy soha ob’ekti, 2 ming 756 ta ko‘p qavatli uylar elektr ta’minoti hamda 5 ming 329 ta elektr va gaz ta’minoti korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Mazkur tayyorgarlik ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi. Jismoniy va yuridik shaxslardan 1 ming 721 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 615 tasi ijobiy hal qilingan, 1 ming 68 tasiga tushuntirish berilgan, 38 tasi o‘rganish jarayonida, – dedi axborot xizmati rahbari

Kiritildi: 15:49 08.07.2024. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!