O‘zbekistonda Ai-80 benzini arzonlashi kutilmoqda. Xabarga ko‘ra, 2020 yilning 1 may kunidan boshlab «UNG» milliy brendi ostidagi dizel yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 500 so‘mga arzonlaydi va 6500 so‘mdan sotiladi. 3 may sanasidan e’tiboran Ai-80 benzini ham 500 so‘mga arzonlaydi va 4000 ming so‘mdan sotila boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan edi. Qarorga ko‘ra 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali benzin narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilindi.
Bugundan e’tiboran neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isini (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isini) sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.