Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

3,2 milliard so‘mlik qo‘lqop “operasiyasi” fosh etildi

3,2 milliard so‘mlik qo‘lqop “operasiyasi” fosh etildi

Buni Toshkent shahar bojxona boshqarmasi faoliyati misolida ham kuzatish mumkin. Xususan, boshqarmaning kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan “Chuqursoy” TIF bojxona posti bilan hamkorlikda Xitoy davlatidan yurtimizda faoliyat olib boruvchi MCHJlardan birining nomiga yuborilgan, yuk hujjatlariga ko‘ra “trikotaj mato” tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazdi. Buni qarangki, hujjatlarda “trikotaj mato” ko‘rsatilgan bo‘lsada, aslida bojxona ko‘rigi davomida qiymati 3 milliard 235,9 million so‘mlik 415 ming 720 juft trikotaj qo‘lqopi borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 2,6 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovi hisoblandi.

Shuningdek, bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtampt” bojxona postiga xorijdan yurtimizda istiqomat qiluvchi qiluvchi fuqaro nomiga keltirilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada pochta jo‘natmasida pochta deklarasiyaida qayd etilmagan qiymati 138,4 million so‘mni tashkil etuvchi 10 turdagi 179,85 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Yana bir ma’lumot, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idorasi” temir yo‘l chegara bojxona postida bir qator huquqbuzarlik holatlariga chek qo‘yildi. Jumladan, bojxona posti xodimlari tomonidan kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteynerida keltirilgan xo‘jalik tovarlarining inspeksion ko‘rik majsuasidan olingan tasvirlari va yuk hujjatlarida qayd etilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut bo‘lganligi sababli bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, bir yuk konteynerida hujjatlarda ko‘rsatilmagan 7 turdagi qiymati 250 million so‘mlik aloqa texnik vositalari, boshqa bir konteynerda esa yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha va hujjatlarda ko‘rsatilmagan qiymati 533 million so‘mlik 3 turdagi buyoq tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:45 24.07.2021. O'qildi: 4957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!