Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

28 ming dollarni paypoqlariga berkitgan xitoylik iqtisodchi Toshkent aeroportida ushlandi

28 ming dollarni paypoqlariga berkitgan xitoylik iqtisodchi Toshkent aeroportida ushlandi

O‘zbekistondagi qo‘shma korxonada ishlab kelgan xitoylik fuqaro Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida paypoqlariga berkitib 28 ming AQSh dollarini berkitib olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi.

“Jahon.uz” manbasi xabariga ko‘ra, vaqtinchalik Toshkent shahrida yashab, qo‘shma korxonada iqtisodichi vazifasida ishlovchi V.CH. Toshkent xalqaro aeroporti orqali Xitoyga ketayotgan vaqtda Aviasiya xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirib ko‘rilganda oyoqlaridagi paypoqlari orasiga berkitib 28 ming AQSh dollarini noqonuniy olib chiqib ketishga uringani aniqlandi.

Bojxona deklarasiyasida ushbu summani ko‘rsatmagan xitoylik fuqaro O‘zbekiston qonunchiligiga xilof ravishda ish qilgan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi tartibida jinoiy ish ochilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudida ushbu ish ko‘rib chiqildi.

Sud 28 ming AQsh dollarini davlat foydasiga o‘tkazib,  V.CH.ga nisbatan EKH 150 baravari miqdorida, ya’ni 30.409.500 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Kiritildi: 15:42 14.06.2019. O'qildi: 1792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!