Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

27 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

27 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 27 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ma’lum qildi.

"Avvalroq qo‘shnilarimizni maslahatlashuv uchrashuvi o‘tkazishga chaqirgandim. Ostonada ana shunday uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvlar turli poytaxtlarda bo‘lib o‘tishini istardim. Bu yilgi Toshkentdagi uchrashuv belgilanganidek 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tishiga umid qilaman", - dedi Nazarboyev.

Nazarboyevning qayd etishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar bor.

"To‘qnashuvlar yuz bermoqda, odamlar halok bo‘lmoqda", - ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuv uchrashuvi 2018 yil martda Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgandi.

Kiritildi: 19:58 12.11.2019. O'qildi: 2291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!