Jambil viloyatida migrasiya sohasidagi qonunchilikni buzgan 26 nafar Xitoy fuqarosiga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda Jambil viloyatining Sarisu tuman sudi xabar berdi.
“2024 yil sentyabr oyida Xitoy fuqarolari qurilayotgan zavod hududida tegishli ruxsatnoma olmasdan ishlagan. Sudda huquqbuzarlar o‘z ayblariga iqror bo‘lmay, biri sayyoh sifatida kelganini, ikkinchisi esa ish izlab kelganini aytdi. Qozog‘iston Respublikasi ruxsatisiz mehnat faoliyatini amalga oshirish fakti ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar, shuningdek ish bo‘yicha to‘plangan materiallar bilan tasdiqlangan”, – deyiladi xabarda.
Sud qarori bilan xitoyliklar aybdor deb topilib, Qozog‘iston hududidan chiqarib yuborilgan.
Qarorlar qonuniy kuchga kirdi.