Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

26 nafaqaxo‘rning qotili: “Nechta insonni o‘ldirganimni eslay olmayman!”

26 nafaqaxo‘rning qotili: “Nechta insonni o‘ldirganimni eslay olmayman!”

26 nafar rossiyalik nafaqaxo‘r ayollarni o‘ldirishda gumon qilingan Radik Tagirov o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Tataristonda 2011 yildan 2012 yilgacha Rossiyaning 12 mintaqasida 26 nafaqaxo‘rning qotilligida gumonlangan shaxsning hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Tagirovning tergovchilarga ma’lum qilishicha, u birinchi qurboniga uyi yo‘qligi va ochligi sababli hujum qilgan. Ammo shuning bilan birga harakatlarini talonchilik bilan cheklashi mumkin bo‘lganligini ma’lum qilgan.

“Lekin men nima uchundir bunday qilmadim. Men buni tushuntirib berolmayapman”, - degan gumonlanuvchi so‘roq paytida.

Shuningdek, undan qancha odamni o‘ldirganligi so‘ralganida “Nechta insonni o‘ldirganimni eslay olmayman!” deya javob qaytargan.

Kiritildi: 22:03 01.12.2020. O'qildi: 7693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!