Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

25 000 dollar, soxta abituriyent, “paravoz”: buxorolik firibgar qo‘lga tushdi

25 000 dollar, soxta abituriyent, “paravoz”: buxorolik firibgar qo‘lga tushdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi I.Shamamatovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi. Bu haqda aniq.uz ning ishonchli manbasi xabar tarqatdi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi I.Shamamatov 13.01.2012 yildan 13.08.2018 yilga qadar AT Xalq banki Kogon filialida Axborot texnologiyalari va axborotni muhofaza qilish sho‘’basi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelib, tekin boylik orttirish maqsadida, o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni rejalashtirib, 2018 yil iyul oyida Kogon shahri, Bobir shoh ko‘chasi 10-uy, 5-xonada yashovchi fuqaro (Madina) taxallusli aslida esa Julakova Nozima Temirovna bilan tanishib, suhbat jarayonida uning tanishi O‘.Jamolovni Buxoro Davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirish maqsadida hujjat tayyorlab yurganini eshitib, o‘zining jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida fuqaro N.Julakovaga Buxoro davlat tibbiyot institutida yuqori lavozimlarda tanishlarim bor, ular orqali O‘.Jamolovni oliy o‘quv ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yaman deb uni qiziqtirgan.

Shundan so‘ng, I.Shamamatov 2018 yil 31 iyul kuni fuqaro O‘.Jamolov bilan Buxoro shahridagi Korzinka supermarketi oldida uchrashib, kelishuvga ko‘ra uni o‘zining yaqin aloqalari orqali test sinovlarida yuqori bilimga ega bo‘lgan soxta abituriyentlar, ya’ni paravozlar yordamidan foydalangan holda tibbiyot institutiga o‘qishga kirishiga ko‘maklashish evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, jami 194.797.000 so‘mga teng 25.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Sud majlisida sudlanuvchi tomonidan sodir qilingan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, uning shaxsi, aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligi, ijtimoiy ahvoli va oilaviy sharoiti, 1 nafar farzandi borligi, aybini tushunib yetganligi, jinoyat sodir etish paytidagi va sodir etilganidan keyingi xulq-atvori hamda jazoni engillashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi a bandi va 28,211-moddasi 3-qismi a bandi bilan Jinoyat Kodeksining 57,59,61-moddalariga asosan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 17:42 05.02.2019. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!