Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

24 000 AQSh dollarini yashirib olib chiqishga bo‘lgan urinish chippakka chiqdi!

24 000 AQSh dollarini yashirib olib chiqishga bo‘lgan urinish chippakka chiqdi!

Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yo‘lagi orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro U.E.ning harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortishi natijasida ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona shaxsiy ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, fuqaroning yonidan deklarasiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 24 ming AQSh dollari mavjud ekanligi aniqlandi.

Xozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 17:17 21.05.2022. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!