Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi

23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi

2026 yil I-choragida Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan talablarni qo‘pol ravishda buzgan 23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi. Dori vositalarini muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki qalbakilashtirilgan mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘ygan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan.

Lisenziyasi bekor qilingan dorixonalar Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida joylashgan bo‘lib, ular hamda ularning xodimlari maxsus reestrga kiritildi. Farminspeksiya boshqarmasi qonunchilik buzilishlariga qarshi kurashni davom ettirib, aybdor sub’ektlar ro‘yxatini muntazam e’lon qilib borishini ta’kidladi.

Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash va Farminspeksiya qo‘mitasi tomonidan I-chorakda lisenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzgan tadbirkorlik sub’ektlarining lisenziyasi bekor qilindi.

Ma’lumki, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizasiya qilish, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, markirovkalanmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni realizasiya qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llaniladi.

Kiritildi: Bugun 12:40. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!