Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

22-o‘lim. Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

22-o‘lim. Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) joriy yil 20 iyun kuni bosh miya qon aylanishi o‘tkir buzilishi (insult)ning qaytalanishi bilan (2018 yilda birinchi marotaba insult bo‘lgan) o‘ta og‘ir holatda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorda 22 iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun’iy nafas berish apparatiga olingan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli tajribali shifokorlar tomonidan ham nazoratga olinib, bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilgan.

Biroq shu soha mutaxassislarining standartlar asosida o‘tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 23:59 28.06.2020. O'qildi: 4694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!