Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

2030 yilga borib Toshkent shahri aholisi 12 mlndan oshishi mumkin

2030 yilga borib Toshkent shahri aholisi 12 mlndan oshishi mumkin

2030 yilga borib Toshkent shahri aholisi 12 milliondan oshishi mumkin, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida esa yana 24 million kishi yashaydi. Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr hamda Calatrava Grace Corporation kompaniyasi ijrochi direktori Maykl Sellman O‘zbekistonning urbanistik kelajagiga doir ana shunday taxminning bildirdi, deya xabar beradi Xalq so‘zi .

Voqealar rivojining yana bir taxminiy yo‘nalishiga ko‘ra, kelgusida Namangan, Samarqand, Andijon, Buxoro va Nukus shaharlari Qarshi, Qo‘qon, Chirchiq, Farg‘ona, Jizzax hamda Urganch shaharlarini quvib o‘tib, yirik markazlarga aylanadi. Toshkent yoki unga yaqin joylashgan ikkinchi darajali katta shaharlar atrofida yo‘ldosh-shaharchalar bunyod etilishi ehtimoli ham bor.

Starr va Sellmanning fikricha, O‘zbekiston o‘rtadan yuqori darajadagi daromadli mamlakatlar sxemasi asosida rivojlansa, yaqin o‘n yilliklar ichida u mislsiz yuqori urbanizasiyaga erishadi. Bu esa hozirning o‘zidayoq yiliga millionlab yangi shahar uylari qurish zaruratini ko‘rsatib turibdi. Ayni paytda mamlakatda millionlab shahar uylariga ehtiyoj mavjud. Turar joy yetishmovchiligi allaqachon yiliga 100 mingtadan ortmoqda.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 20:28 12.02.2019. O'qildi: 1963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!