Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

2026 yildan migrantlarga rus tili bo‘yicha imtihon faqat kompyuterda o‘tkaziladi

A A A
2026 yildan migrantlarga rus tili bo‘yicha imtihon faqat kompyuterda o‘tkaziladi

2026 yil 1 yanvardan boshlab chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun rus tili (chet tili sifatida), Rossiya tarixi va Rossiya Federasiyasi qonunchiligi asoslari bo‘yicha imtihon faqat kompyuter shaklida o‘tkaziladi. Bu haqda Rosobrnadzor xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Rossiya Federal test markazi tomonidan imtihonlarni o‘tkazish jarayonini to‘liq avtomatlashtiruvchi "EkzaM" dasturiy majmuasini ishlab chiqilgan.

"EkzaM" dasturiy majmuasida barcha bosqichlar joriy etilgan: – ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va videoidentifikatsiyadan boshlab, yo‘riqnoma berish, topshiriqlarni bajarish, natijalarni hisoblash hamda sertifikatlarni rasmiylashtirish va berishgacha. Ishtirokchilar natijani atigi o‘n soniyada bilib olishi, imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga esa sertifikatlar o‘sha kunning o‘zida shakllantirilib berilishi ma’lum qilindi.

“EkzaM” har qanday turdagi kompyuter uskunasida ishlaydi va imtihon sessiyalarini, ro‘yxatdan o‘tkazishni, hisobotlarni shakllantirishni va kirish huquqini boshqarishni jonli rejimda nazorat qilish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 22:25 26.08.2025. O'qildi: 2078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!