Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

2025 yildan Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2025 yildan Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temiryo‘l transporti bo‘yicha kengashning 81-yig‘ilishi doirasida «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ boshqaruv raisi Z.Narzullayev va «Qirg‘iz temiryo‘li» davlat korxonasi rahbari A.Sakiyev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda «Temiryo‘lkargo» AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi ob’ektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida «Toshkent-Baliqchi (Ribache)» yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi hamda Issiqko‘l yo‘nalishida sayyohlar oqimini oshirish imkonini beradi.

Kiritildi: 18:40 07.11.2024. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!