Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

2025/26 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichida qatnashadigan 10 jamoa nomi allaqachon ma’lum bo‘ldi

A A A
2025/26 yilgi Chempionlar ligasi umumiy bosqichida qatnashadigan 10 jamoa nomi allaqachon ma’lum bo‘ldi

Evropa Chempionlar ligasining 2025/26 yilgi mavsumida umumiy bosqichda ishtirok etishi aniq bo‘lgan ilk 10 jamoa nomi ma’lum qilindi:

  • “Liverpul” (Angliya)

  • “Napoli” (Italiya)

  • “Inter” (Italiya)

  • “Barselona” (Ispaniya)

  • “Real” (Ispaniya)

  • “Bavariya” (Germaniya)

  • “Bayer” (Germaniya)

  • “PSJ” (Fransiya)

  • “Slaviya” (Chexiya)

  • “Olimpiakos” (Gresiya)

Qayd etish kerak, “Olimpiakos” avval boshda saralash bosqichidan ishtirok etishi kerak edi. Biroq “Inter” va “PSJ” finalga chiqqan holda o‘z chempionatlari orqali yo‘llanma olgani bois, g‘olib uchun ajratilgan avtomatik yo‘llanma yuzasidan greklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy bosqichga yo‘l oldi.

Yangilangan formatga ko‘ra, 2025/26 yilgi Chempionlar ligasida umumiy bosqichda 36 ta jamoa ishtirok etadi va har biri 8 tadan o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 09:34 10.05.2025. O'qildi: 2874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!