Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

2024 yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

2024 yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan va bugun yaxshi an’anaga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.

Xo‘sh, ushbu loyiha doirasida 2024 yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi? Shu mavzu bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bosh mutaxassisi Aqlbek Normirzayev bilan suhbatlashdik.

— Assalomu alaykum. Joriy yilda “Yashil makon” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar bajarildimi?

— Albatta. 2024 yilda respublikamiz hududlarida 226,6 mln tup ko‘chat ekildi va belgilangan topshiriq ijrosi 113,3 foizga bajarildi. Jumladan, Farg‘ona viloyatida 18,2 mln, Toshkent shahrida 1,1 mln, Samarqand viloyatida 11,6 mln, Andijon viloyatida 17,5 mln, Xorazm viloyatida 17,3 mln, Toshkent viloyatida 18,2 mln, Namangan viloyatida 17,7 mln, Sirdaryo viloyatida 15,5 mln, Buxoro viloyatida 17,8 mln, Qashqadaryo viloyatida 18,8 mln, Navoiy viloyatida 15,7 mln, Jizzax viloyatida 17,2 mln, Surxondaryo viloyatida 17,3 mln hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 14,7 mln tup ko‘chatlar ekildi.

— Hududlarning iqlim sharoitiga mos ko‘chatlar ekishga qanday e’tibor qaratilmoqda?

— Har bir hududga o‘sha hudud iqlimiga mos ko‘chatlar ekilmoqda. Joriy yilda hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chat turlarini tizimli yetkazish uchun 1 622 ta ko‘chat savdo yarmarkasi hamda ko‘chatlarni agrotexnik talablarga mos ravishda ekish va ularni parvarishlash bo‘yicha 1 890 ta amaliy seminar tashkil etildi.

Ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish maqsadida hududlarda 490 ta suv chiqarish qudug‘i va 3 486 km uzunlikda sug‘orish tizimlari tashkil etildi. Sug‘orish manbasi mavjud bo‘lmagan hududlarga 1 975 ta maxsus texnika biriktirildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan sog‘liqni saqlash muassasalariga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,2 mln tup daraxt ko‘chatlari beg‘araz yordam tariqasida yetkazib berildi.

— “Yashil bog‘lar” barpo etish va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

— 2024 yilda mahalliy hokimliklar, vazirliklar va idoralar tomonidan 260 ta “yashil bog‘lar” barpo etilib, ularning jami soni 444 taga yetkazildi.

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali 789 ta “Mening bog‘im” tashabbuskor loyihalari kiritilib, shundan 215 tasi g‘olib deb topildi.

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida ham ancha samarali ishlar qilinmoqda. Jumladan, aholi tashabbuslari asosida g‘olib deb topilgan 215 ta loyiha bo‘yicha 142 ta “yashil bog‘lar” hamda 73 ta “yashil jamoat parklari” barpo etish yuzasidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 16:41 24.12.2024. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!