Ukraina hukumati 2024 yilda 200 mingga yaqin odamni safarbar qildi.
Bu haqda The Washington Post gazetasi Ukraina va G‘arb rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Nashrning eslatishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy 2024 yilda 500 ming kishini safarbar qilishga chaqirgan. Biroq Vladimir Zelenskiy Zalujniyning taklifini qabul qilmadi va bu raqam juda katta ekanligini aytib, Kiyev atigi 200 mingga yaqin odamni safarbar qildi.
Shu bilan birga, Zelenskiy Vashingtonning chaqiruv yoshini 18 yoshga tushirish haqidagi iltimoslarini rad etdi, deb yozadi gazeta.
Nashrning ta’kidlashicha, 2024 yilda Ukraina parlamenti chaqiruv yoshini 25 yoshgacha qisqartirish imkonini beruvchi qonunchilik choralarini qabul qilgan.