Pokiston Inson huquqlari komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 346 nafar ayol “nomus qotilliklari” qurboni bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 2024 yilda asosan o‘z fe’l-atvori bilan oilasini “sharmanda” qilayotgan ayollarning o‘ldirilishi butun mamlakat bo‘ylab jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda va bu jinoyatlarning ko‘pchiligi ayniqsa, Sind va Panjob viloyatlarida qayd etilgan.
Ayollarning aksar qismi erkak qarindoshlari tomonidan o‘ldirilgan.