Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

2024 yil yakuniga qadar davlat byudjeti 700 mlrd so‘m yo‘qotishi mumkin

2024 yil yakuniga qadar davlat byudjeti 700 mlrd so‘m yo‘qotishi mumkin

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosida hech qanday o‘zgarish kuzatilmasa, 2024 yil yakuniga qadar davlat byudjeti bundan 700 mlrd so‘m yo‘qotishi mumkin ekan.

Bunga qarshi jiddiy kurashni nazarda tutgan "Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ham iyun oyidan boshlab kuchga kirdi.

Ushbu farmon bilan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etildi. Inspeksiya lisenziya berish va ushbu jarayonlarni monitoring qilish, noqonuniy aylanmani oldini olish va bu borada tegishli organlar bilan hamkorlik qilish va yangi aksiz markalarini ishlab chiqishda qatnashish va ularning noqonuniy ishlab chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash bilan shug‘ullanishi belgilangan.

Kiritildi: 18:47 21.06.2024. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!