📊 2024 yil 1 yanvar holatiga pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 930,4 ming nafarga yetib, aholi sonidagi ulushi 10,7 % ni tashkil qilgan holda 2023 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 164,7 ming nafar (4,4%)ga ko‘paydi.
📊 Shuningdek, 2023 yilda Pensiya jamg‘armasi hududiy tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 292,0 ming nafar fuqarolarga yangi pensiyalar tayinlandi.
Shundan:
- 241,2 ming nafari (82,6%)ga yoshga doir pensiya;
- 32,2 ming nafari (11,0%)ga nogironlik pensiyasi;
- 18,6 ming oila (6,4%)ga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlandi.