Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

2021 yilda sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakatlar

2021 yilda sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakatlar

International SOS tibbiyot va turizm tashkiloti 2021 yilda sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakatlar xaritasini yangiladi, deb yozmoqda Tengrinews.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Liviya, Suriya va Afg‘oniston eng xavfli mamlakatlar hisoblanadi.

Shuningdek, sayyohlarga Mali, Somali, Janubiy Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Misr, bundan tashqari, Nigeriyaning bir qismi, Kongo, Pokiston va Iroq davlatlariga borish tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga, bu ro‘yxatga Ukraina ham kiritildi.

Davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy vaziyatni, ijtimoiy notinchlik xavfini, shuningdek, zo‘ravonlik bilan qilingan jinoyatlar va mayda bezorilik holatlarini hisobga olgan holda baho berildi.

Kiritildi: 04:40 11.05.2021. O'qildi: 2597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!