Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

2019 yilda AQSh prezidenti qancha pul ishlab topdi?

A A A
2019 yilda AQSh prezidenti qancha pul ishlab topdi?

Amerika hukumati huzuridagi etika masalalari boshqarmasi AQSh prezidenti Donald Trampning 2019 yildagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Tramp Floridadagi Mar-a-Lagro kurortidan 21,4 million dollar ishlagan. 

Vashingtondagi mehmonxonasi Trampga 40,5 million dollar daromad keltirgan. U o‘tgan yili Trump National Doral Miami kurortidan 77,2 million dollar ishlagan bo‘lsa, golf-klubi 17,7 million dollar daromad olgan.

The Wall Street Journal nashrining baholashiga ko‘ra, Trampning biznes-tuzilmalaridan olgan umumiy daromadi kamida 446 million dollarni tashkil etgan.

Donald Tramp bir necha bor o‘z soliq deklarasiyasini e’lon qilishdan bosh tortgandi. U bu qarorini audit olib borilayotganligi bilan izohlagan.

Kiritildi: 07:45 02.08.2020. O'qildi: 4506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik