Oxirgi olti yil ichida 150 mingdan ortiq noqonuniy muhojir Buyuk Britaniyaga La-Mansh bo‘yi orqali o‘tgan.
Bu haqda Sky News telekanali Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
2018 yilda noqonuniy muhojirlar birinchi marta Buyuk Britaniyaga dengiz orqali Fransiyadan kela boshladilar, puflanuvchi qayiqlarda La-Mansh bo‘yidan o‘tishdi. O‘sha yil davomida Buyuk Britaniyaga 1 mingdan kam odam o‘tgan. 2024 yilda 36 mingga yaqin noqonuniy muhojir dengiz yo‘lidan foydalangan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord yil 2022 yil bo‘lib, 45,8 ming kishi xavfli sayohatni amalga oshirgan.