Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn AQSh askarlari tomonidan hibsga olingan. "Xonimlar va janoblar, biz uni qo‘lga oldik", — deya xabar bergan edi AQSh ma’muri Pol Bremer Bag‘dodda jurnalistlarga.
Saddam Husayn o‘zining tug‘ilgan shahri Tikritdan 15 km janubda joylashgan fermadagi kichkina bunkerda yashiringan holda topiladi.
AQSh harbiyi, general-mayor Raymond Odiyernoning aytishicha, operasiya Saddam Husaynning oila a’zolaridan birining xabaridan so‘ng boshlangan.
“Oxirgi 10 kun ichida biz ushbu oilaning 5-10 nafar a’zosini olib keldik va nihoyat bu shaxslardan biridan yakuniy ma’lumot oldik”, — degan edi u.