Tibbiyot xodimlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari G‘azo shimolidagi Kamol Advan kasalxonasi direktori doktor Husama Abu Safiyani zudlik bilan ozod qilishni talab qilmoqdalar, hozirda u Isroil bosqinchi harbiylari qo‘lida.
Ular ijtimoiy tarmoqlarda #FreeDrHussamAbuSafiyeh xeshtegi ostida Abu Safiyani qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.
Namoyishchilar shuningdek, isroil bosqinchi hokimiyatidan Falastindagi shifoxonalarga nisbat hujumlarni to‘xtatishni talab qilmoqdalar.
change.org platformasida 2000 ta imzo bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va vise-prezident Kamala Xarris nomiga petisiya ochildi.
Ular xalqaro hamjamiyatni, xususan, AQSh’ni o‘z ta’siridan foydalanib, isroil bosqinini hamda tibbiyot xodimlari va bemorlarni zudlik bilan ozod qilishga majburlashni talab qilishmoqda.