Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

2 noyabr kuni Samarqandda bir nechta ko‘chada avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

A A A
2 noyabr kuni Samarqandda bir nechta ko‘chada avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

Samarqand viloyatida ertaga, 2 noyabr kuni qator siyosiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida shu kuni Samarqand shahrining Ibn Sino, Ro‘dakiy, Bo‘stonsaroy, Motrid, Sadriddin Ayniy, Shohi Zinda, Universitet xiyoboni, Registon, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarida, shuningdek, M-39 va M-37 xalqaro avtomobil yo‘llarining Samarqand shahar, Samarqand, Oqdaryo va Payariq tumanlari hududidan o‘tgan qismlarida avtotransport vositalari harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi.

Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda bemorlar va shoshilinch tez tibbiy yordamga zarurati bor fuqarolar hamda FVB xodimlariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Hokimlik Samarqand shahriga respublikaning boshqa hududlaridan, shuningdek, viloyatning shahar-tumanlaridan kelmoqchi bo‘layotgan fuqarolarga 2 noyabr kuniga belgilangan rejalarini boshqa kunga ko‘chirishlarini tavsiya etgan.

Kiritildi: 22:05 01.11.2023. O'qildi: 1163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!