Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

+18. Qashqadaryoda "Cobalt" betonga urildi. Mashinadagi 5 kishi voqea joyida halok bo‘ldi

+18. Qashqadaryoda "Cobalt" betonga urildi. Mashinadagi 5 kishi voqea joyida halok bo‘ldi

Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 13:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 "Termiz-Toshkent" avtomobil yo‘lida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.M. "Cobalt" rusumli avtomobilda Ob-havo yomg‘ir yog‘ayotganligini inobatga olmasdan tezlik bilan harakatlanishi oqibatida, rul boshqaruvini yo‘qotib beton to‘siqqa urilgan.

Hodisa natijasida, haydovchi A.M. hamda ushbu avtomobilda bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchilar olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:40 03.01.2022. O'qildi: 8165 marta. Fikrlar soni: 19 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!