Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

+18. Namanganning «Sardoba» bozorida er o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi (VIDEO)

+18. Namanganning «Sardoba» bozorida er o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi (VIDEO)

Namangan shahridagi «Sardoba» bozorida 18 iyun kuni soat 13:00 lar atrofida er o‘z sha’riy nikohida bo‘lgan xotinini janjal vaqtida pichoqlab o‘ldirdi. 41 yoshli ayol sha’riy nikohda bir muddat yashagan sobiq turmush o‘rtog‘i, 40 yoshli A.I. bilan urishib qolgan. A.I. ayolga yana birga yashashni taklif qiladi va ayoldan rad javobini oladi.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 19:00larda A. I. alkogol iste’mol qilib, mast holda, «Sardoba» buyum bozorida sotuvchi bo‘lib ishlagan S.O.ning «Matbuot do‘koni»ga keladi va ular o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida A.I. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.O.ning orqa o‘ng ko‘krak qismiga bir marotaba uradi. Oqibatda S.O. voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar prokuraturasi tomonidan 18 iyun kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.I. Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasiga asosan ushlangan.

Kiritildi: 10:29 23.06.2020. O'qildi: 19249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!