Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

(+18) Liberiyadagi cherkovda 29 kishi, jumladan, 11 nafar bola o‘ldirildi

(+18) Liberiyadagi cherkovda 29 kishi, jumladan, 11 nafar bola o‘ldirildi

Liberiya poytaxti Monroviyada bir guruh qurolli kishilar ibodat vaqtida cherkovga bostirib kirdi. Natijada 29 kishi, jumladan, 11 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters 20 yanvar, payshanba kuni xabar berdi.

Voqea chorshanba kuni kechqurun Yangi Kru shaharchasi hududida sodir bo‘lgan. Hujum paytida cherkov ichida yuzlab odamlar bo‘lgan.

«Biz olomonga yaqinlashib kelayotgan bir guruh odamlarning pichoq va boshqa qurollarini ko‘rdik... Yugurib ketayotib, ba’zi odamlar yiqilib tushdi», dedi guvoh. U hujumchilar dindorlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lganini aytdi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bir qancha qurbonlarning ahvoli og‘ir, shu bois o‘limlar soni ortishi mumkin. Mahalliy matbuotning yozishicha, qurbonlaridan biri homilador ayol bo‘lgan.

Payshanba kuni voqea joyiga tashrif buyurgan Liberiya prezidenti Jorj Vea halok bo‘lganlar uchun uch kunlik milliy motam e’lon qildi.

Kiritildi: 13:44 21.01.2022. O'qildi: 2711 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!