Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

18 kishining o‘limiga olib kelgan yong‘inni uyushtirgan xitoylikka o‘lim jazosi berildi

18 kishining o‘limiga olib kelgan yong‘inni uyushtirgan xitoylikka o‘lim jazosi berildi

Xitoyning Sin’yuan shahri xalq sudi qarori bilan karaoke-barda 18 kishining o‘limiga olib yong‘inni uyushtirgan Lyu Chunlu ismli sudlanuvchi o‘lim jazosiga mahkum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, u shuningdek umrining oxirigacha barcha siyosiy huquqlardan mahrum etilgan.

Sudlanuvchining aytishicha, u 23 aprel kechki payt do‘stlari bilan Inde shahridagi (Guandun viloyati) karaoke-barga kelgan. U ofisiant ayoldan shilqimlik uchun dakki eshitgach va shu barda muvaffaqiyatsiz yakunlangan uchrashuvdan achchiqlanib, barchaga barga o‘t qo‘yishini aytgan.

U 24 aprelga o‘tar kechasi soat 00:30da bar oldiga qo‘yilgan motosikli yonilg‘i shlangini yechib olib, yonilg‘i bakida katta miqdorda bo‘lgan yonilg‘ini yerga to‘kkan. So‘ngra u yondirgich yordamida yonilg‘iga o‘t qo‘ygan. Alanga qisqa fursatda bino xolliga, kirish eshigi va yon-atrofdagi motosikllargacha yetib borgan. 

Yong‘in oqibatida barning 2- va 3-qavatida bo‘lgan 18 kishi tashqariga chiqa olmay, is gazidan bo‘g‘ilib halok bo‘lgan. 4 kishi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarib qolingan. Jinoyatchi shu kuni soat 10:00da qo‘lga olinib, odil sudlov ixtiyoriga topshirilgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:21 13.09.2018. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!