Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

+168. Qashqadaryoning o‘zida yana 100 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

+168. Qashqadaryoning o‘zida yana 100 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

2020 yil 8 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+168) nafarni tashkil etmoqda.Bu haqda SSV axborot xizmati ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 3 986 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Kiritildi: 10:02 08.07.2020. O'qildi: 6894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!