Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun qamoq jazosi uzaytirilmoqda

A A A
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun qamoq jazosi uzaytirilmoqda

Oliy Majlis Senati ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish haqidagi qonunni qabul qildi.

Qonun bilan quyidagi jinoyatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirilmoqda:

Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (115-modda);

  • taklif: 60 mln so‘mgacha jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari

yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

  • amalda: 15 mln so‘mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari)

Nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (118, 119-moddalar);

  • taklif: 1-qismi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

  • amalda: 1-qismi 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2-qismi 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish).

Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda);

  • taklif: 1-qismi 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish, og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi.
  • amalda: 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari)

16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda);

  • taklif: 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Og‘irlashtiruvchi holatlarda – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

  • amalda: 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash

yoxud ozodlikdan mahrum qilish)

16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (129-modda);

  • taklif: 1-qismi 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish; 2-qismi 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish. Agar o‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

  • amalda: 1-qismi 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; 2-qismi 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari)

Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish (130-modda);

(taklif: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish)

  • taklif:5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

  • amalda: 3-qism (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish) 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Kiritildi: 15:14 06.04.2023. O'qildi: 4101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!