Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

+15. Toshkentda yana aholi orasida koronavirus aniqlandi

+15. Toshkentda yana aholi orasida koronavirus aniqlandi

2020 yil 6 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4022 (+15) nafarni tashkil etmoqda.
 
? Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolarda, 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
 
Hozirda mamlakatimizda 759 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 

Kiritildi: 10:02 06.06.2020. O'qildi: 3842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!